Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Balida favqulodda holat e’lon qilindi

Balida favqulodda holat e’lon qilindi

Bali ma’muriyati mashhur sayyohlik orolida so‘nggi o‘n yil ichida sodir bo‘lgan eng kuchli suv toshqini sababli bir haftalik favqulodda holat e’lon qildi, deya xabar beradi Al Jazeera.

Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto o‘z yordamchilariga halokatli suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etishni tezlashtirish, bedarak yo‘qolganlarni qidirish va ko‘chirilgan aholiga zarur yuklarni yetkazib berishni buyurdi.

Tabiiy ofatlarni yumshatish milliy agentligi (BNPB) turli idoralardan 400-600 ishchi bedarak yo‘qolganlarni qidirish va vayronalarni tozalash uchun safarbar etilganini aytdi.

Sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan Bali orolida bir necha kun davom etgan kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi.

Indoneziyada yomg‘irli mavsum odatda noyabrdan aprelgacha davom etadi. Biroq, so‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi sababli mavsum uzaymoqda.

Kiritildi: 22:40 12.09.2025. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!