Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Bahromjon Haydarov Andijon shahriga yangi hokim sifatida rasman tasdiqlandi

Bahromjon Haydarov Andijon shahriga yangi hokim sifatida rasman tasdiqlandi

Kecha, 8 oktyabr kuni xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibiga tashkiliy masala - shahar hokimini tayinlash masalasi qo‘yildi. Sessiyada viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ma’ruza qildi.

Sessiyada hozirda Andijon shahar hokimi vazifasini vaqtinchalik bajarib turgan Bahromjon Nosirboyevich Haydarov shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yildan buyon Andijon shahriga hokimlik qilib kelgan Dilmurod Rahmatullayev 2019 yil avgust oyi oxirida lavozimidan ozod etilgan, uning o‘rniga Andijon viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Bahromjon Haydarov vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi sifatida tayinlangandi.

Bahromjon Haydarov 1972 yilda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyatida tug‘ilgan, 1995 yil Andijon iqtisodiyot va boshqaruv institutini (sirtqi), 1998 yil O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini (kunduzgi) tamomlagan.

1994 yilda Andijon viloyati hokimligi moliya boshqarmasida ish boshlagan Bahromjon Haydarov 2017-2019 yillarda boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Kiritildi: 05:42 09.10.2019. O'qildi: 3502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!