Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Bahrayn keskin chora ko‘rdi: Eronni qo‘llab-quvvatlaganlarni fuqarolikdan mahrum qilinmoqda

Bahrayn keskin chora ko‘rdi: Eronni qo‘llab-quvvatlaganlarni fuqarolikdan mahrum qilinmoqda

Bahrayn hukumati Eronni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblangan 69 nafar shaxsni fuqarolikdan mahrum qilishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, Eronning “dushmanona harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan yoki ularni targ‘ib qilgan” shaxslar hamda ayrim hollarda ularning yaqinlari ham fuqarolikdan chiqarilgan.

Qayd etilishicha, qaror AQSh va Isroil bilan bog‘liq mintaqaviy ziddiyat fonida qabul qilingan.

Mutaxassislar bunday choralar mintaqadagi siyosiy keskinlikni yanada kuchaytirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 22:05 27.04.2026. O'qildi: 287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!