Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Bahrayn-2025 sovrindorlari pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi

Bahrayn-2025 sovrindorlari pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi

Ma’lumki, joriy yilning 22-31 oktyabr kunlari Bahrayn mezbonlik qilgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida O‘zbekiston delegasiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 37 ta oltin, 16 ta kumush va 28 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida mazkur musobaqada sovrindor bo‘lgan sportchilar va ularning murabbiylariga davlat tomonidan ko‘zda tutilgan bir martalik pul mukofotlari taqdim etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sport bo‘yicha vakili Odil Abduraxmanov, shuningdek, Sport vazirligi va MOQ rahbariyati, musobaqada shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarimiz va ularning yaqinlari ishtirok etishdi.

Rasmiylar yosh atletlarimizni qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyat bilan qutlab, ularga kelgusi O‘yinlarda ham omad tilashdi. Shuningdek, tantanali yopilish marosimida Osiyo yoshlar o‘yinlarining kelgusi mezboni sifatida topshirilgan Osiyo Olimpiya kengashi bayrog‘i MOQ binosiga o‘rnatildi.

Kiritildi: 19:02 03.11.2025. O'qildi: 760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!