Bugun 2 fevral, 2023 yil, payshanba

КИР

Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi va jang sanasi aniq bo‘ldi

Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi va jang sanasi aniq bo‘ldi

Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 11 dekabr kuni o‘tkazadigan bo‘ldi.

Jang Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida "Global boks forumi" doirasida tashkil etiladi. Shu kuni Bahodirga Bahrayn sharafini himoya qiluvchi, kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan Danis Latipov raqiblik qiladi.

Bokschilar 2020 yilning mart oyida Ammanda o‘tkazilgan lisenzion turnirda o‘zaro to‘qnash kelgan va o‘shanda Bahodir ochkolar evaziga g‘olib chiqqandi.

Ushbu jang yangi tashkil etilgan IBA Pro boks seriyasi doirasida o‘tkaziladi. Boks seriyasida JCh va Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari ham ringga ko‘tarilishi kutilmoqda. Mazkur jang formati 5 raundlik hisoblanadi. 2023 yildan boshlab janglar 7 raundlik formatga o‘tkazilishi mumkin. Janglar 5 nafar hakam tomonidan baholanadi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov 27 noyabr kuni AQShda mezbon Kyortis Xarperga qarshi ringga ko‘tarilgan va raqibini 4-raundda nokautga uchratgandi.

Kiritildi: 23:10 30.11.2022. O'qildi: 3301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!