Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolov o‘zining imzolangan boks qo‘lqopini kimoshdi savdosiga taqdim etdi.
Jurnalist Abror Zohidovning ma’lum qilishicha, tushgan pullarning salmoqli qismi xorijda murakkab operasiya uchun pul yig‘ilayotgan 13 yoshli Nuraziz Saidov uchun sarflanadi. Nurazizning o‘zi ham sport bilan shug‘ullangan, yaxshi natijalarga erishgan. Ammo endi oqqon degan og‘ir dard bilan kurashmoqda. Shuningdek, savdo hajmiga ko‘ra eng muhtoj deb topilgan boshqa bemor bolajonlar uchun ham hissa ajratiladi.
Hozir taxminan 100 mln so‘m pul zarur... Auksion g‘olibiga sovrinni chempionning o‘zi topshirishi ham mumkin.
Shuningdek, g‘olibga bemor bolalardan minnatdorlik ramzi sifatida alohida sovg‘a ham borligi aytilmoqda.
Dastlabki narx 10 ming so‘m. Takliflarni https://t.me/Abror_Zohidov telegrami orqali bevosita bildirishingiz mumkin.