Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Bahodir Jalolov qozog‘istonlik Ivan Dichko bilan jang qilishi taxmin qilinmoqda

Bahodir Jalolov qozog‘istonlik Ivan Dichko bilan jang qilishi taxmin qilinmoqda

Shu yilning 5 aprel kuni Qozog‘istonning Astana shahrida Top Rank promouterlik kompaniyasi tashkil etadigan boks oqshomida Jalolov ringga ko‘tariladi.

Unga kim raqiblik qilishi haqida aniq ma’lumotlar hozircha yo‘q. Jalolovning qozog‘istonlik Ivan Dichko bilan jang qilishini taxmin qilmoqda.

Eslatib o‘tish joiz, Jalolov 7 fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida o‘tkazilgan prof boks oqshomi doirasida fransiyalik Devid Spilmont bilan jang qilishi kerak edi. Ammo tashkilotchilar Bahodirning yuzidagi husnbuzar tufayli jangni bekor qilishgandi.

Hamyurtlarimizdan esa Bahodir Jalolovdan tashqari yarimengil vazn toifasida WBA kamari uchun sobiq da’vogar Otabek Xolmatov ishtirok etadi.

Kiritildi: 03:43 12.03.2025. O'qildi: 1330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!