Britaniya va Iroq ikki tomonlama strategik sheriklik va xavfsizlik shartnomalarini imzolaydi.
Bu haqda Iroq bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy Londonga yetib kelganidan so‘ng Reuters agentligiga ma’lum qildi.
Iroq hukumati rahbari Buyuk Britaniyaga tashrifi davomida qirol Charlz III va britaniyalik hamkasbi Kir Starmer bilan uchrashadi. Muzokaralar mavzulari orasida Yaqin Sharqdagi vaziyat, Iroq infratuzilmasi va energetika sektorini tiklash loyihalari, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarini kengaytirish bo‘lishi kerak.
The Sunday Telegraph gazetasida avval chop etilgan fikr-mulohazalarida al-Sudaniy Bag‘dod “nafaqat mintaqaga tahdid solayotgan, balki kengroq mojarolar xavfini keltirib chiqaradigan Yaqin Sharqdagi misli ko‘rilmagan va kuchayib borayotgan voqealar sharoitida London bilan strategik sheriklikni mustahkamlashga intilayotganini yozgan".