Eron va Qo‘shma Shtatlar urushni tugatish bo‘yicha mumkin bo‘lgan kelishuvga BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyasini talab qiladigan bandni kiritishni muhokama qilmoqdalar.
Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘ayi brifingda ma’lum qildi.
"Biz hali ham umumiy qoidalarni muhokama qilmoqdamiz; ushbu 14 ta band faqat asosiy fikrlarni, jumladan, agar kelishuvga erishilsa, u huquqiy himoyani ta’minlash uchun BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyasi shaklida bo‘lishi kerakligi haqidagi qoidani qamrab oladi", dedi u.
Bag‘ayi shuningdek, Livanda sulh urushni tugatish bo‘yicha har qanday kelishuvning ajralmas qismi ekanligini ta’kidladi.