AQSh prezidentiga yig‘ilishlar va bayramlarda ayollar tomonidan ijro etiladigan an’anaviy soch raqsi (Xaliji) namoyish etildi. Bu raqs Ko‘rfaz mamlakatlarida ayol go‘zalligi, qadr-qimmati, erkinligi va milliy o‘ziga xosligini ifodalaydi.
Eslatib o‘tamiz, Tramp Yaqin Sharq bo‘ylab turneda. Bungacha u Saudiya Arabistoni va Qatarga tashrif buyurgan. Bu Trampning Oq uyga qaytganidan keyin birinchi yirik xorij safari.