Iqna sahifasining xabar berishicha, Birlashgan Arab Amirliklarining Ajman mintaqasida faoliyat yurituvchi "Humayd bin Rashid Al-Nuaymiy" ta’lim markazi, masofaviy ta’limda Qur’oni karimni to‘liq xatm qilgan birinchi qorini taqdim qildi.
Gap shundaki, "Uyda qoling" shiori ostida olib borilayotgan masofaviy ta’limda Markaz talabasi Shihab Muhammad Ali Saran Qur’onni to‘liq yodlashga muvaffaq bo‘lgan.
Markaz direktori Husayn Muhammad Al-Hammodiyning ta’kidlashicha, mavjud imkoniyatlar va zamonaviy texnologiyalar Qur’oni Karim ta’limini yengillashtiradi va jamiyatning katta qismiga uni yetkazishni osonlashtiradi.