2025 yilning aprel oyida 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi ommaviy janjal hamda pichoqbozlik sodir etilishi ortidan qo‘lga olingan edi.
Sud hukmi bilan ulardan 8 nafariga nisbatan umrbod qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, yana bir fuqaro 25 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Hozirda tegishli idoralar va diplomatik vakolatxonalar tomonidan vaziyatni to‘liq o‘rganish va fuqarolarimizning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.