BAA rasmiylari huquqni muhofaza qilish organlari giyohvand moddalar va qurol savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy tashkilot rahbari deb hisoblagan 49 yoshli Deniyel Kinaxanni Irlandiyaga ekstradisiya qilishdi.
Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Kinaxan Irlandiya hukumati samolyotida Dublinga olib ketilgan. U jinoiy sudda uyushgan jinoyatchilikka rahbarlik qilishda ayblangan va keyinchalik poytaxtdan taxminan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan qamoqxonaga jo‘natilgan.
Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Kinahan boshchiligidagi jinoiy tashkilot Yevropaning kokain ta’minotining taxminan uchdan bir qismini nazorat qiladi va shuningdek, qurol savdosi va reket bilan ham shug‘ullanadi.
Telefon orqali bergan intervyusida Kinahan umrbod qamoq jazosini kutayotganini aytdi. U o‘zini "farishta" emasligini tan oldi, ammo unga qarshi qo‘yilgan ayblovlarni bo‘rttirilgan deb atadi. Xususan, Kinaxan boks musobaqalarini tashkil qilish orqali pul yuvish ayblovlarini rad etdi.
Bundan oldin Kinaxan yirik boks reklama kompaniyasi rahbari va sport olamidagi taniqli shaxs sifatida tanilgan edi.