Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

BAA qarshi o‘yinda terma jamoaning ikki futbolchisi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi

A A A
BAA qarshi o‘yinda terma jamoaning ikki futbolchisi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi

O‘zbekiston terma jamoasi markaziy himoyachisi Rustam Ashurmatov Eron bilan uchrashuvda olgan sariq kartochkasi tufayli BAAga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishga majbur edi.

Terma jamoaning yana futbolchisi Oston O‘runov ham mazkur uchrashuvni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

"O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Oston O‘runov Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bilan uchrashuvda jarohat sababli ishtirok eta olmaydi. Futbolchimiz tez fursatda sog‘ayib, safga qaytishini tilab qolamiz", - deb yozadi xabarda.

O‘runov 5 oktyabr kuni "Persepolis" safida "Chadormalu"ga qarshi o‘yindan oldingi chigilyozdi mashg‘ulotda jarohat olgan va asosiy tarkibdan zaxiraga olingan edi.

Futbolchi 10 oktyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi safida Eronga qarshi bahsning 71-daqiqasida Abbos Fayzullayevning o‘rniga zaxiradan maydonga tushgandi. U Eron bilan o‘yindan keyingi mashg‘ulotlarning hech birida ishtirok etmadi.

Kiritildi: 03:00 15.10.2024. O'qildi: 1907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!