Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

BAA Pokistonning markaziy banki zaxiralarining 5 foizini muzlatish bilan tahdid qildi

BAA Pokistonning markaziy banki zaxiralarining 5 foizini muzlatish bilan tahdid qildi

Xabarga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari joriy oyda Pokistondan 3,5 mlrd dollar qarzni zudlik bilan qaytarishni talab qilgan va bu talab bajarilmasa, markaziy bank zaxiralarining bir qismiga cheklov qo‘yilishi mumkinligini bildirgan. Bu holat BAAning Eron va AQSh o‘rtasidagi vaziyatda Pokistonning vositachilik roliga noroziligi bilan bog‘liq ekani aytilmoqda.

Shu paytda Saudiya Arabistoni Pokistonga 3 mlrd dollar qo‘shimcha depozit kiritgani va mavjud 5 mlrd dollarlik omonatni yana bir yilga uzaytirgani qayd etilgan.

Ma’lumot uchun: Saudiya va Pokiston harbiy ittifoqchilar hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 20:14. O'qildi: 305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!