Bugun 25 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

BAA AQSh iqtisodiyotiga 1,4 trln dollar investisiya kiritadi

BAA AQSh iqtisodiyotiga 1,4 trln dollar investisiya kiritadi

Birlashgan Arab Amirliklari kelgusi o‘n yil ichida AQSh iqtisodiyotiga 1,4 trillion dollar sarmoya kiritish majburiyatini oldi. Bu haqda Oq uy vakiliga tayanib, Reuters xabar berdi.

Yangi kelishuvlar sun’iy intellekt, yarimo‘tkazgichlar, energetika va Amerika ishlab chiqarish sohalarini qamrab oladi. "Birlashgan Arab Amirliklari AQSh iqtisodiyotiga kiritgan investisiyalarini sezilarli darajada oshiradi", deydi agentlik manbasi.

AQSh ma’muriyati rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, bu qaror BAA rasmiylari va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida shu hafta bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida qabul qilingan.

19 mart kuni BAA milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi va Abu-Dabi hukmdori o‘rinbosari shayx Tahnun Al Nahayon AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng Amirlik rasmiylarining Amerika iqtisodiyotiga sarmoya kiritish niyatini e’lon qildi.

Kiritildi: 02:02 22.03.2025. O'qildi: 871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!