Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Azot zavodi to‘liq Rossiya harbiylari va separatistlari nazoratiga o‘tdi

Azot zavodi to‘liq Rossiya harbiylari va separatistlari nazoratiga o‘tdi

Severodoneskdagi “Azot” kimyo korxonasi hududi rossiyalik harbiylar va o‘zini o‘zi e’lon qilgan respublikalar jangchilari nazoratiga o‘tdi, tinch aholi hamon zavodning bomba boshpanalarida qolmoqda, dedi tan olinmagan LNR vakili Andrey Marochko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “hozir u yerda [Azot zavodida] minalar tozalanmoqda, barcha yerto‘lalar tekshirilmoqda, hudud tozalanmoqda”.

Rossiyaning rasmiy vakillari bu ma’lumotga izoh bermadi. "Azot" Severodoneskdagi Ukraina harbiylarining so‘nggi tayanchi bo‘lib qolgandi.

Shanba kuni mahalliy hokimiyat bir necha oylik janglardan so‘ng Ukraina qo‘shinlari shahardan chekinganini xabar qildi.

Kiritildi: 15:29 27.06.2022. O'qildi: 4158 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!