Bugun 29 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Ayrim toifadagi talabalarning talabalar turar-joylaridagi yashash xarajatlari qoplab beriladi

Ayrim toifadagi talabalarning talabalar turar-joylaridagi yashash xarajatlari qoplab beriladi

Hukumat qarori (32-son, 28.01.2026 y.) bilan “Ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalar turar-joylaridagi yashash xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risida” nizom tasdiqlandi.

✅ Nizomga ko‘ra, yashash xarajatlari davlat oliy ta’lim tashkilotlarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalariga davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishidan qat’i nazar, Davlat byudjetidan qoplab beriladi.

⌛️ Talabaning davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalar turar-joylaridagi yashash xarajatini qoplab berish uning oilasi Ijtimoiy reestrning “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan sanadan boshlab 12 oy davomida saqlanib qoladi.

📝 Talabalar ustuvorlik asosida, navbatsiz davlat oliy ta’lim tashkilotining talabalar turar joyiga qabul qilinadi.

🗒 Ariza beruvchi mazkur masalada o‘zi ta’lim oladigan oliy ta’lim tashkilotining rektori (filial direktori) nomiga oyning 7-sanasiga qadar ariza bilan murojaat qiladi.

⏭️ Ariza beruvchi mustaqil ravishda komissiyaga kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborishi ham mumkin.

✔️ Ariza tegishli o‘quv yili uchun bir marotaba yuboriladi.

📁 Fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari (mas’ullar) 1 kun muddatda elektron tarzda yuborilgan arizalarni umumlashtirgan holda belgilangan tartibda komissiyaga taqdim etadi.

📑 Mas’ullar tomonidan taqdim etilgan arizalar 1 kun muddatda komissiya tomonidan o‘rganib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.

Kiritildi: Bugun 12:20. O'qildi: 223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!