Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ayrim rahbarlar xatarlarni to‘g‘ri baholab, tadbirkorlarga yo‘l ochish o‘rniga o‘zlari to‘siq bo‘layotgani tanqid qilindi

Ayrim rahbarlar xatarlarni to‘g‘ri baholab, tadbirkorlarga yo‘l ochish o‘rniga o‘zlari to‘siq bo‘layotgani tanqid qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning mamlakatimiz soha va tarmoqlariga ta’sirini yumshatish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

–Takror va takror aytaman – “hozirgi dunyodagi vaziyat bizga ta’sir qilmaydi” deganlar juda katta xato qiladi. Bunday sharoitda faqat o‘z kuchimiz va ichki imkoniyatlarimizga tayanib, dadil-dadil qadam tashlashimiz kerak, – dedi davlatimiz rahbari.

Lekin ko‘p rahbarlar hali masalaning jiddiyligini, 2 karra ko‘p ishlash kerakligini bilmayotgani, har bir vazirlik, tarmoq va hududlarni birinchi rahbarlari aniq-aniq reja qilib, ishlab chiqarish, eksport bilan o‘zi shaxsan shug‘ullanishi shart va zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bir hafta davomida mutasaddilar 3 mingdan ziyod tajribali tadbirkorlar bilan uchrashdi. Ishbilarmonlar xalqaro bozorlardagi tebranishlarga moslashish uchun tezda hal qilish kerak bo‘lgan yangi-yangi masalalarni qo‘ymoqda. Vazirlar, hokimlar, bank va tarmoq rahbarlariga savollar ko‘p.

Ayrim rahbarlar tendensiyalarni o‘rganib, xatarlarni to‘g‘ri baholab, tadbirkorlarga yo‘l ochish o‘rniga o‘zlari to‘siq bo‘layotgani tanqid qilindi.

Bundaylarga nisbatan qattiq chora ko‘rilishi qayd etildi.

Kiritildi: 16:39 18.04.2025. O'qildi: 986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!