“Kambag‘al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-84-son, 08.05.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a’lo” baholarga o‘qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to‘lanadi.
✔️ 2025 yil 1 sentyabrdan umumiy o‘rta ta’lim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambag‘al oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar to‘lovidan ozod etiladi.
📝 2026 yil 1 yanvardan kambag‘al oilalarning “a’lo” baholarga o‘qiydigan farzandlarining O‘zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sog‘lomlashtirilishi xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
🏛 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kambag‘al oilalar reestri va Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan oilalarga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatilishini muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi.