Xitoylik ayol yigitidan yoshini yashirish maqsadida qalbaki pasport sotib oldi.
Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 41 yoshli ayol Pekin aeroportida qo‘lga olingan.
Immigrasiya xizmati xodimi uning pasport ma’lumotlarining haqiqiyligini shubha ostiga qo‘ydi; tekshirgandan so‘ng, ayolning tug‘ilgan sanasi turlicha bo‘lgan ikkita Xitoy pasporti borligi ma’lum bo‘ldi.
U hujjatlarni qalbaki qilganini tan oldi, chunki agar erkak uning haqiqiy yoshini bilsa, u bilan munosabatlarni uzib qo‘yishidan qo‘rqib ketdi.
Ayol jarimaga tortildi.