Bugun 18 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

«Ayo Sofiya»ga o‘xshash masjid, rabot va sardoba – Navoiyning turizm salohiyati haqida

«Ayo Sofiya»ga o‘xshash masjid, rabot va sardoba – Navoiyning turizm salohiyati haqida

O‘zbekistondagi eng qadimgi masjid sifatida Buxorodagi Masjidi kalon va Samarqanddagi Hazrati Xizr masjidi ko‘rsatiladi. Navoiy viloyatidagi Karmana tumanida esa shunday masjid borki, uni albatta borib ko‘rish kerak. Chunki unda islom kirib kelguniga qadar ham zardushtiylik diniga ibodat qilingan va keyinchalik masjidga aylantirilgan. Aynan shu sababga ko‘ra ham masjidning me’moriy qiyofasi boshqalaridan ancha farq qiladi.

Gap Hazora qishlog‘idagi Deggaron masjidi haqida ketyapti. Turizm qo‘mitasi va Navoiy viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan press-tur davomida OAV xodimlari bir qator tarixiy ob’ektlar bilan tanishdilar.

«Ayo Sofiya»ga o‘xshash masjid, rabot va sardoba – Navoiyning turizm salohiyati haqida

Dehgaron forscha so‘z bo‘lib, «Qozon quyuvchi», «Qozon ustasi» degan ma’noni bildiradi. Ibodatxona qurilgan muddat haqida turli mulohazalar yuradi, ba’zi tadqiqotlarda milodiy VII asr deyilsa, boshqasida XI asr haqida gap ketadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, Deggaron masjidining me’moriy qiyofasi biz bilgan boshqa masjidlardan farq qilishini inkor etib bo‘lmaydi. Navoiy viloyati, Sarmishsoy muzeyi ilmiy xodimi Ramazon Egamov tomonidan ta’kidlanishicha, ushbu makon dastlab zardo‘shtiylar ibodatxonasi vazifasini bajargan.

– Bu yerda zardo‘shtiylarning ibodatxonasi bo‘lgan, siz ko‘rib turgan to‘rt ustunning o‘rtasida esa olov yoqib qo‘yiladigan katta supa mavjud bo‘lgan. Atrofdagi devorlar esa keyinchalik, ibodatxona masjidga aylantirilgandan so‘ng qurilgan, – deydi Ramazon Egamov.

«Ayo Sofiya»ga o‘xshash masjid, rabot va sardoba – Navoiyning turizm salohiyati haqida

Darhaqiqat, masjid ichiga kirsangiz ham noodatiy ko‘rinishga duch kelasiz, qalin ustunlar ko‘tarib turgan gumbaz ham nimasi bilandir Istanbuldagi mashhur «Ayo Sofiya» Jome masjidini eslatadi. Ha, Turkiyaning javohiri hisoblanadigan ibodatxona ham masjid bo‘lishidan avval nasroniylar cherkovi edi. Shu sababli bo‘lsa kerak, Istanbul va Karmanadagi masjidlarda o‘xshashlik bor.

Viloyatdagi yana bir ahamiyatga molik joy – Sardoba Malikdir. XI asrda bunyod etilgan ushbu yer osti suv saqlash joyi Navoi shahri yerlarida joylashgan. Sardoba XI asrda Rabot Malik karvon saroyini ta’minlash maqsadida bunyod etilgan. U dastlab 13 metr chuqurlikka, diametri 12 metrli yopqichli hovuz ko‘rinishida bo‘lgan. XVIII asrgacha xizmat qilgan Sardoba Malik o‘z vaqtida strategik muhim maskan hisoblangan. Uzoq yo‘lga chiqqan karvonlar undan suv ichgan, shu sababli Sardobani qurolli yasovullar qo‘riqlab turganlar.

«Ayo Sofiya»ga o‘xshash masjid, rabot va sardoba – Navoiyning turizm salohiyati haqida

Sardobaning ro‘parasida joylashgan Rabot Malik karvonsaroyi esa o‘z davrining logistik markazlaridan bo‘lgan, deyish mumkin. Karvonsaroyning o‘z bozori ham mavjud bo‘lib, turli hududlardan keltirilgan mahsulotlarni shu yerning o‘zida ulgurji narxda sotib olish mumkin bo‘lgan.

«Ayo Sofiya»ga o‘xshash masjid, rabot va sardoba – Navoiyning turizm salohiyati haqida

Albatta turizm rivoji uchun avvalo infratuzilmani shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiyda bu ishning ham uddasidan chiqishmoqda, hafta avvalida «Tinchlik Plaza» tarmog‘ining ikkinchi mehmonxonasi ochildi. Bu O‘zbekistonning turizm infratuzilmasini kengaytirishda muhim bosqich bo‘lib, xalqaro va ichki sayyohlar oqimi, ishbilarmonlik turizmini rivojlantirish va hududda yangi ish o‘rinlarini yaratishga hissa qo‘shadi.

«Ayo Sofiya»ga o‘xshash masjid, rabot va sardoba – Navoiyning turizm salohiyati haqida

Yangi mehmonxona xushmanzara hududda joylashgan bo‘lib, 70 ta zamonaviy xona, 4 ta sauna, yopiq basseyn va o‘ziga xos yozgi basseyn bilan jihozlangan. Majmuaning o‘ziga xos xususiyatlariga 150 kishiga mo‘ljallangan panoramali ko‘rinishdagi restoran, to‘liq jihozlangan sport zali, konferens-zal va muzokara xonalari kiradi.

«Ayo Sofiya»ga o‘xshash masjid, rabot va sardoba – Navoiyning turizm salohiyati haqida

«Ayo Sofiya»ga o‘xshash masjid, rabot va sardoba – Navoiyning turizm salohiyati haqida

Ikkinchi mehmonxonaning ochilishi jahon yetakchilari bilan raqobatlasha oladigan taniqli o‘zbek mehmonxona brendini yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda. E’tiborli tomoni, kompaniya chet elda uchinchi mehmonxonani ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:07. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!