O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "O‘zbektelefilm" davlat muassasasida suratga olingan "Aydinlar" filmi Bolgariya kino, televideniye va internet kommunikasiya akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan IX xalqaro kino-telefestivalda Gran-Priga sazovor bo‘ldi.
Mazkur film "Eng yaxshi rejissyorlik ishi", "Eng yaxshi operatorlik ishi", "Kinofilmga bastalangan eng yaxshi musiqa" nominasiyalarida, shuningdek, "Ustoz" seriali "Serialga yozilgan eng yaxshi ssenariy" nominasiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.