Nashr bu haqda o‘z manbalari va Flight Radar parvozlarni kuzatish xizmatining ma’lumotlariga tayanib yozmoqda. Biroq Vashington va Moskva bu xabarni rasman tasdiqlagani yo‘q.
Bu AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi uchinchi uchrashuv bo‘ladi.
Axios'ning yozishicha, Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljish bo‘lmagani uchun Moskvadan “hafsalasi pir bo‘lgan”. Nashr manbasining so‘zlariga ko‘ra, agar aprel oyi oxirigacha o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, AQSh prezidenti Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishi mumkin.