Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Axborot xizmati rahbarlarini attestasiyadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

Axborot xizmati rahbarlarini attestasiyadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini attestasiyadan o‘tkazish hamda ular faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi.

Nizomga ko‘ra, axborot xizmati rahbarlari Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida har uch yilda bir marotaba attestasiyadan o‘tishi shart.

Attestasiyani o‘tkazish uchun Markaz direktori buyrug‘i bilan kamida yetti nafardan iborat Attestasiya komissiyasi tashkil etiladi. Komissiya attestasiya muddati yetgan rahbarlar ro‘yxatini taqdim etish uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlarga murojaat qiladi.

Talabgorlarning anketalari o‘n kun ichida atroflicha o‘rganib chiqilib, attestasiyadan o‘tadigan shaxslar ro‘yxati tasdiqlanadi. Attestasiya jarayoni ikki oy ichida o‘tkaziladi.

Attestasiya beshta savol va amaliy sinovlardan iborat og‘zaki suhbat shaklida tashkil etiladi. Suhbat natijalari besh ballik tizimda baholanadi. Kamida to‘rt ball to‘plagan talabgor attestasiyadan o‘tgan deb hisoblanadi va unga tegishli guvohnoma beriladi.

Kiritildi: Bugun 20:40. O'qildi: 144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!