Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Avvaliga o‘zbek muxlislarini tanqid qilib, keyin Nursulton Ro‘ziboyev bilan jangi bekor bo‘lgan Brayan Battl UFC'dan xaydaldi

Avvaliga o‘zbek muxlislarini tanqid qilib, keyin Nursulton Ro‘ziboyev bilan jangi bekor bo‘lgan Brayan Battl UFC'dan xaydaldi

Amerikalik aralash yakka kurash ustasi Brayan Battl endi faoliyatini boshqa Ligada davom ettirishga majbur.

UFC Rosterining ma’lum qilishicha, u bilan shartnoma bekor qilingan.

Brayan Battl 17 avgust kuni UFC 319 turniri doirasida hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboyev bilan jang qilishi kerak edi, biroq uning belgilangan vazn me’yorini bajara olmagani tufayli bahs bekor qilindi.

30 yashar Brayan UFC'da 8 ta jang o‘tkazib, 7 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgandi.

Kiritildi: 20:58 21.08.2025. O'qildi: 1211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!