Ayrim ayollar sport bilan shug‘ullanishni boshlaganlanlaridan so‘ng qon bosimi tushganini aytadilar. Bu tabiiy – yurakka yangi bosim tushishi boisidan arterial bosim o‘zgaradi.
Yurak qon-tomir kasali mavjud kishilarga murakkab sport turlaridan bosim tushadi. Ularga asosan ochiq havoda asta odimlar bilan sayr qilish maslahat beriladi.
Qon bosimingiz oshgan vaqt sport bilan shug‘ullanmang. Avval arterial bosimni boshqa yo‘llar bilan tushirib oling-da, so‘ng mashqlar bajarishga o‘ting.
Ayollar odatda ortiqcha vazndan xalos bo‘lish maqsadida sport bilan shug‘ullanadilar. Lekin semizlikning o‘zi yurakka ko‘p bosim beradi, toliqtirib qo‘yadi. Ozishning boshqa turdagi choralarini qo‘llamay, faqat fitnes bilan intensiv shug‘ullanish yurakni zararlab qo‘yishi hech gap emas.
O‘ta to‘la ayollar avval ma’lum miqdorda vazn tashlab, so‘ng fitnesni boshlaganlari ma’qul. Bu uchun parxez usulini tanlashlari mumkin.
Stressni boshdan kechirayotgan ayol tinchlantiruvchi mashqlardan foydalanishi maqsadga muvofiq. Pulsi normallashgach, intensiv sportga o‘tsa bo‘ladi.