Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Avval Apple va LG brendlari olgan mukofot endi O‘zbekistonga nasib qildi

Avval Apple va LG brendlari olgan mukofot endi O‘zbekistonga nasib qildi

O‘zbekiston pavilyoni “Expo Osaka 2025 Kansai” xalqaro ko‘rgazmasida “Ko‘rgazma stendlari” nominasiyasi bo‘yicha “Red Dot Award: Brands & Communication Design tanlovida Red Dot: Best of the Best” mukofoti bilan taqdirlandi.

Red Dot Award – bu dizayn va kommunikasiya sohasida dunyo miqyosida tan olingan yetakchi mukofotlardan biridir. Turli yillarda ushbu e’tirofga Apple, Ferrari, Philips, LG kabi global brendlar va sanoat yetakchilari sazovor bo‘lib, ular bugungi kunda jahon dizayni va brending standartlarini shakllantirmoqda.

Bugun esa ushbu faxriy ro‘yxatga O‘zbekiston pavilyoni ham qo‘shildi – xalqaro sahnada mamlakatimizning madaniy merosi, ochiqligi va zamonaviy taraqqiyotini ifodalovchi noyob loyiha sifatida e’tirof etildi.

Butunjahon “Expo Osaka 2025” ko‘rgazmasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi “Bilimlar bog‘i” loyihasini taqdim etdi.

Kiritildi: 09:42 04.08.2025. O'qildi: 1089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!