Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Avtosug‘urta tizimida yangilik: sug‘urta qoplamasi ikki barobarga oshirilmoqda

Avtosug‘urta tizimida yangilik: sug‘urta qoplamasi ikki barobarga oshirilmoqda

O‘zbekistonda avtosug‘urta sohasidagi yangi islohotlar boshlandi.

Prezidentning sug‘urta bozorini rivojlantirishga oid PQ-108-sonli qarorining mantiqiy davomi o‘laroq, Vazirlar Mahkamasi 2025 yil 23 iyulda qabul qilgan 458-sonli qarori bilan har bir haydovchining manfaatlariga bevosita xizmat qiluvchi muhim yangiliklarni tasdiqladi. Bu yangiliklar haydovchilarning huquqlarini kuchliroq himoya qilish, tizimni raqamlashtirish va bozor shaffofligini oshirishga qaratilgan.

Eng muhim o‘zgarishlardan biri – 2026 yil 1 yanvardan sug‘urta qoplamasi limiti 40 million so‘mdan 80 million so‘mga oshirilishi bo‘ldi.

Bu kutilmagan vaziyatlarda haydovchilarni moliyaviy himoya qilish darajasini sezilarli darajada oshiradi. Polis narxi ham shunga mos ravishda biroz ko‘tariladi (poytaxtda 192 ming so‘m, viloyatlarda 160 ming so‘m).

Shubhasiz, avtosug‘urta sohasidagi islohotlar turli xil fikrlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bir tomondan, sug‘urta narxining oshishi kuzatilsa, boshqa tomondan yangi javobgarlik miqdori ham ba’zi hollarda yetarli bo‘lmasligi mumkin. Biroq, bir oz fikrlab ko‘raylik: ko‘p hollarda avtohalokatga uchragunga qadar sug‘urtaga pul sarflashni shart emas deb hisoblaymizda, ammo avtomobilni yuvishga yoki uni ortiqcha bezatishga ketadigan foydasiz xarajatlardan o‘zimizni tiya olmaymiz.

Lekin biz uchun eng muhim narsa – bu sug‘urtaning asl mohiyatini anglab, unga rasmiyatchilik deb qarashdan voz kechishdir. Pirovardida, yo‘llardagi xavfsizligimiz va o‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz haqida gap bormoqda.

Shuningdek, Sug‘urta To‘lovlarini Kafolatlash Jamg‘armasining xizmatlari kengaytirilib, bepul huquqiy maslahat va YTH bo‘yicha ekspert yordami ko‘rsatiladi, tizim to‘liq raqamlashtiriladi.

Kiritildi: 12:56 24.07.2025. O'qildi: 873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!