Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Avtomototransport vositalarini notarial tartibda tasdiqlatishingiz shart emas, agar...

Avtomototransport vositalarini notarial tartibda tasdiqlatishingiz shart emas, agar...

Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 38-sonli qaroriga muvofiq, avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar notariuslar tomonidan notarial tartibda tasdiqlanishi kerak.

Ammo har doim ham emas. Avtomototransport vositalarini quyidagi hollarda notarial tartibda tasdiqlanishi zarur emas.

Bular:

— ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari (avtomototransportni ishlab chiqaruvchi korxonalar, ularning vakillari va vositachi (distribyutorlik) tashkilotlar);

— lizing shartnomalari bo‘yicha lizing xizmatlari ko‘rsatadigan tashkilotlar (engil avtotransport vositalari lizingidan tashqari);

— yuridik shaxslar bilan lizing shartnomalari bo‘yicha mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini kamida 2,0 mlrd so‘m miqdorida ustav kapitaliga ega bo‘lgan kredit tashkilotlari va asosiy faoliyat turi lizing hisoblangan tashkilotlar;

— “TRADE-IN” dasturi bo‘yicha fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan rasmiy dilerlik korxonalariga;

— Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalarining tuman (shahar) bo‘limlari davlat ijrochilari tomonidan belgilangan tartibda elektron onlayn-auksionlarda sotish holatlarida.

Kiritildi: 08:06 10.08.2025. O'qildi: 1091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!