Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Avtomobillar uchun yana yangi yig‘im joriy etildi

Avtomobillar uchun yana yangi yig‘im joriy etildi

Bugun deputatlar tomonidan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuniga yangi moddalar kiritish masalasi muhokama qilindi.

Xususan, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolar salomatligi va atrof-muhitni transport vositalarning iste’mol xususiyatlarini yo‘qotish oqibatida vujudga kelgan chiqindilarning zararli ta’siridan himoya qilish maqsadida:

  • g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar, ular uchun tirkamalarga nisbatan utilizasiya yig‘imi joriy etilishi;
     
  • transport vositalariga nisbatan to‘lanadigan utilizasiya yig‘imining miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanishi;
     
  • utilizasiya yig‘imining to‘lanishi ko‘zda tutilgan transport vositalarining turlari va toifalari, shuningdek utilizasiya yig‘imining undirish nazarda tutilgan.

Hujjat loyihasi deputatlar tomonidan 1-o‘qishda qabul qilindi.

Kiritildi: 11:56 07.09.2019. O'qildi: 5255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!