Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Avtomashinalar xatlandi

Avtomashinalar xatlandi

Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi ish yurituvidagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor “Qo‘qon mexanika zavodi” AJ dan undiruvchi davlat foydasiga 997.764.384 so‘m davlat boji undirish belgilangan bo‘lib, olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor “Qo‘qon mexanika zavodi” AJ raxbariga bir necha marotaba rasmiy ravishda ogohlantirish berilgan edi.

Biroq, ixtiyoriy ravishda qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, davlat ijrochilari tomonidan tashkilot balansida bo‘lgan 3 ta Nexia, Lacetti va Tracker rusumli avtotransport vositalari xatlanib, jarima maydonchasiga olib kirildi.

Hozirda qarzdorlikni qoplash maqsadida hatlangan avtotransport vositalarini “E-IJRO AUKSION” onlayn auksion savdolariga yuborish choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 16:40 20.06.2022. O'qildi: 3912 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!