Shu yil 31 may kuni soat 21:30 larda, Nanay-Yangiqo‘rg‘on yo‘lining 15 km.da, Birlik MFY hududida, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi orqali boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1972 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.