Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Avtofiribgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak Turkiyada ushlandi

Avtofiribgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak Turkiyada ushlandi

Avtomobil oldi-sotdi sohasida ko‘plab firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2015 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak Turkiyada ushlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Istanbul shahrida qo‘lga olingan 1969 yilda tug‘ilgan I.U. 2025 yil 11 yanvar kuni O‘zbekistonga deportasiya qilindi.

Bosh konsulxona ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilishni so‘radi.

Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda firibgarlik holatlari yuzasidan Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortganligini inobatga olib, fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolishdan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

Kiritildi: 13:55 14.01.2025. O'qildi: 428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!