Bugun 13 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

Isroilning sobiq mudofaa vaziri G‘azodagi urush jinoyatlarini tan oldi va askarlarni hibsga olish xavfidan ogohlantirdi

Isroilning sobiq mudofaa vaziri G‘azodagi urush jinoyatlarini tan oldi va askarlarni hibsga olish xavfidan ogohlantirdi

Isroilning sobiq mudofaa vaziri Moshe Yaalon G‘azo sektorida sodir etilgan harbiy jinoyatlarga doir mavzuga to‘xtalar ekan, Isroil hukumatining bu jinoyatlardagi ishtiroki haqida muhim bayonot berdi. U Isroil askarlari uchun xorijda hibsga olish xavfi borligini e’tirof etdi va ularni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Yaalonning so‘zlariga ko‘ra, xorijdagi safarlar davomida ayblovlardan qochish uchun askarlar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishlari lozim. U G‘azoda amalga oshirilgan operasiyalar davomida suratga olingan tasvirlarning tarqalishiga qarshi chiqib, bu kabi dalillar aholini evakuasiya qilish va yangidan qishloqlar qurilishi kabi harakatlarning jinoyat sifatida baholanishiga olib kelishi mumkinligini bildirdi.

Ynet nashri harbiylarga xorijda hibsga olinmaslik bo‘yicha maxsus qo‘llanmani e’lon qildi.

Bu hodisalar Isroil armiyasiga nisbatan xalqaro hamjamiyat tomonidan olib borilayotgan tanqidlarni yanada kuchaytirdi.

Kiritildi: 20:48 12.01.2025. O'qildi: 658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!