Salim Abduvaliyev salomatligidagi muammolar tufayli ozodlikka chiqqan, deb xabar bermoqda Kun.uz manbasi. U 12 yanvar kuni jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan.
Manbaga ko‘ra, u uzoq vaqtdan buyon kasallik bilan kurashib keladi.
Salim Abduvaliyev 2024 yil 19 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining hukmiga ko‘ra, JKning 248-moddasi (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-bandi bilan aybdor deb topilgan va 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.
Salim Abduvaliyev xastaligi tufayli 2025 yil 12 yanvar kuni JKning 75-moddasi tartibida jazodan ozod qilingan va ozodlikka chiqarilgan.
Jinoyat Kodeksining 75-moddasi (Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod qilish) hukm chiqarilganidan keyin jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasallikka chalingan shaxs jazoni o‘tashdan ozod qilinishini nazarda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, bu yil 75 yoshni qarshilaydigan tadbirkor Salim Abduvaliyev 2023 yilning dekabr oyi boshida o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlashda gumonlanib prosessual tartibda ushlangandi.