1 iyun kuni Vena shahrida BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasining 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli xalqaro anjumanda Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi 175 ta davlat ichida birinchi bo‘lib Milliy ma’ruza bilan chiqish qildi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda odil sudlov, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilik profilaktikasi hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nutq so‘zladi.