Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Avstriyada bo‘lib o‘tayotgan Formula-1 Gran-prisida ko‘prik trassaga qulab tushdi (video)

Avstriyada bo‘lib o‘tayotgan Formula-1 Gran-prisida ko‘prik trassaga qulab tushdi (video)

Formula-1 bo‘yicha Avstriya Gran-prisi vaqtida temir ko‘prik trassaga qulab tushdi.

Poygadan bir necha soat oldin evakuator buzilgan avtomobil bilan reklama konstruksiyasiga borib urilgan, to‘qnashuvdan so‘ng trassaga qulagan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Gran-pri o‘z vaqtida boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, britaniyalik McLaren piloti Lando Norris poygada birinchi bo‘ldi. Uning jamoadoshi avstraliyalik Oskar Piastri ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikni Monako vakili, Ferrari vakili Sharl Lekler yakunladi.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!