Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Avstriya WhatsAppni kuzatish uchun yangi qonun tayyorlamoqda

Avstriya WhatsAppni kuzatish uchun yangi qonun tayyorlamoqda

Qonun loyihasi ehtimoliy teraktlarning oldini olish uchun xabar almashish ilovalarini kuzatish imkonini beradi, deb xabar berdi Anadolu agentligi.

Avstriya WhatsApp va Telegram kabi xabar almashish ilovalarini tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.

Mamlakatda yillar davomida muhokama qilinayotgan ilovalar nazorati bilan bog‘liq hujjat parlament quyi qo‘mitasiga yuborildi.

Avstriya Ichki ishlar vaziri Gerxard Karner matbuotni vazirlar kengashi a’zolari va uchta partiyaning vakolatli shaxslar ishtirok etgan ikki kunlik hukumat yig‘ilishining birinchi kunida qabul qilingan qarorlar haqida xabardor qildi.

Vazirning bildirishicha, u ehtimoliy terakt yoki ob’ektga hujum qilishning oldini olish uchun xabar almashish dasturlarini monitoring qilish imkonini beruvchi birinchi qonun loyihasi parlament quyi qo‘mitasiga kiritilganidan mamnun.

IIV rahbari terrorizm, milliy tahdid va josuslik bilan bog‘liq ishlarda kuzatuv sudya ruxsati va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun mas’ul mansabdor shaxs nazorati ostida amalga oshirilishini ta’kidladi. Bu holat oddiy fuqarolarga ta’sir qilmaydi, deya tushuntirdi u.

"Monitoring ommaviy bo‘lmaydi va faqat individual holatlarda qo‘llaniladi, ularning soni yiliga 25-30 tadan oshmaydi", - deb ishontirdi Karner.

Qonun loyihasi parlament quyi qo‘mitasida taxminan sakkiz hafta davomida ko‘rib chiqiladi, biroq hujjat faqat yoz oylarida amalga oshirilishi mumkin, deya qo‘shimcha qildi u.

Avstriya rasmiylari, ayniqsa huquq-tartibot idoralari uzoq vaqtdan beri xabar almashish ilovalarida nazoratni joriy etishga intilgan. Biroq, turli fuqarolik jamiyati tashkilotlari bu taklifga qarshi chiqib, bu shaxsiy ma’lumotlar va fuqarolar erkinliklarini himoya qilishni cheklashini ta’kidlayapti.

Kiritildi: 10:29 11.04.2025. O'qildi: 787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!