Britaniya qiroli Kanberradagi Parlament uyiga tashrifi chog‘ida Avstraliyalik senator Lidia Torpe uni qirol deb hisoblamasligini ta’kidlab, mamlakatdan o‘g‘irlagan narsalarini qaytarishini talab qildi. “Siz mening qirolim emassiz. Bizga yerlarimizni qaytaring. Siz bizdan o‘g‘irlagan narsani qaytaring. Siz bizning yerimizni yo‘q qildingiz. Biz kelishuvni xohlaymiz", degan u.
Britaniya monarxiyasini tarixiy adolatsizliklar uchun ayblagan senator xavfsizlik xizmati tomonidan olib chiqib ketilgan.