Avstraliyada, Sidney shimolida yengil samolyot golf maydoniga favqulodda qo‘ndi.
Bu haqda ABC News xabar bermoqda.
Telekanal xabariga ko‘ra, bu bir kun avval mahalliy vaqt bilan taxminan 14:00 da mashg‘ulot parvozi vaqtida sodir bo‘lgan. Piper Cherokee samolyoti bortida uchuvchi instruktor va talaba bo‘lgan. Qo‘ngan joydan olingan kadrlarga qaraganda, samolyot qanoti shikastlangan va g‘ildiraklari chiqib ketgan. Shifokorlar golf maydonida yengil jarohat olgan ikki jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatishdi, shundan so‘ng ular keyingi tekshiruv uchun kasalxonaga yotqizildi.
Rasmiylarga ko‘ra, hodisa sabablari hozircha aniqlanmagan, biroq u dvigateldagi nosozliklar tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin.
"Bu katta qush ekan", deb o‘yladim, boshimni ko‘tarib qarasam, samolyotni ko‘rdim, u shunchalik yaqin ediki, to‘qmoqni uloqtirib yuborishim mumkin edi", — deya golfchilardan biri voqeani tasvirlab berdi.