Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtati Bonday-Bichdagi ommaviy otishmadan keyin qurolga egalik qilish va ommaviy namoyishlar bo‘yicha qat’iy qonunlarni qabul qildi. Hujum oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan.
Yangi qonunlar polisiyaga «terrorchilik tahdidi» holatida namoyishlarni uch oygacha taqiqlash vakolatini beradi. Ayrim cheklovlar Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlarga ham taalluqli ekani aytilmoqda.
Falastin, yahudiy va mahalliy faol guruhlar qonunlarga qarshi Konstitusiyaviy sudga murojaat qilishini ma’lum qildi.