Avstraliya hukumati ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining yoshini cheklovchi, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarning ularga kirishini taqiqlovchi qonunni qabul qildi.
Bu haqda bosh vazir Entoni Albaneze bayonot berdi.
Hukumat rahbarining ta’kidlashicha, Avstraliya "ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun eng kichik yoshni 16 yosh qilib belgilovchi dunyoda yetakchi qonun"ni qabul qilgan. "U joriy onlayn xavfsizlik qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritadi, bu yosh avstraliyaliklarni rivojlanishning muhim bosqichlarida ko‘proq himoya qilishni ta’minlaydi", deyiladi bayonotda.
Entoni Albaneze shuningdek, mamlakat hukumati texnologiya kompaniyalari va ijtimoiy tarmoq ma’muriyatlaridan 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar akkaunt va sahifalar yarata olmasligini ta’minlash uchun oqilona choralar ko‘rishni talab qilishini ta’kidladi. “Hukumat yangi qonunni buzganlik uchun qattiq jazo choralarini ko‘radi, raqamli platformalar esa 49,5 million avstraliyalik dollargacha, 32 million dollardan ortiq jarimaga tortiladi”, dedi u va yangi qoidalarga Snapchat, TikTok, Instagram va ijtimoiy tarmoqlari kirishini ta’kidladi. Google Classroom va YouTube, shuningdek, xabar almashish va onlayn o‘yinlar bolalar uchun mavjud bo‘lib qoladi.