Bu haqda Reuters nashri xabar bermoqda.
"Mamlakatda o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, voyaga yetmaganlarning 37 foizi YouTube platformasida “zararli kontent”ga duch kelgan", deya yozmoqda agentlik.
Avvalroq Avstraliya hukumati Facebook, X, Instagram, Snapchat va TikTok kabi ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan ham shunga o‘xshash cheklovlarni joriy qilgan edi.
Reuters'ning xabar berishicha, taqiq shu yilning dekabr oyida kuchga kirishi mumkin.
YouTube ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda ushbu platformadan 13–15 yoshli avstraliyaliklarning qariyb 75 foizi foydalanmoqda.