Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Avstraliya saylov natijalari: Mehnat partiyasidan Albanese g‘alaba qozondi, Dutton mag‘lubiyatni tan oldi

Avstraliya saylov natijalari: Mehnat partiyasidan Albanese g‘alaba qozondi, Dutton mag‘lubiyatni tan oldi

Mehnat partiyasi rahbari Entoni Albanese mamlakat federal saylovlarida Avstraliya bosh vaziri lavozimiga qayta saylandi.

Tarafdorlariga g‘alaba nutqini so‘zlar ekan, Albanese partiyasi saylovlarda ko‘pchilik ovozni qo‘lga kiritganini ta’kidladi.

Asosiy muxolifatdagi Liberal partiya rahbari Piter Datton Albaneseni tabrikladi va o‘zining parlamentdagi o‘rnini boy berganini tan oldi.
Mamlakatdagi turmush darajasi va uy-joy inqirozi saylov kampaniyasida asosiy mavzuga aylandi. Shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp siyosati tufayli yuzaga kelgan so‘nggi noaniqlik ham saylovga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Avstraliyaliklar 22 apreldan ovoz berishni boshladilar. 18 million saylovchidan 8,5 milliondan ortig‘i muddatidan oldin ovoz berdi - bu 2022-yilgi saylovlarga nisbatan sezilarli o‘sishdir. Mamlakatda ovoz berish majburiydir.

Kiritildi: 20:06 03.05.2025. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!