Avstraliya Rossiyaning 35 tashkiloti va 10 nafar fuqarosiga, jumladan, Rossiya vazirlari va yuqori martabali amaldorlariga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi, deb xabar qildi mamlakat TIV.
Sanksiyalarga, xususan, Rossiya Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Andrey Belousov va Bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko, shuningdek, qurolli kuchlarga ilg‘or texnologiyalar, elektronika va jihozlar yetkazib beruvchi, atom energetikasi va Arktika resurslarini qazib olish bilan shug‘ullanuvchi korxonalardan – kompaniyalar kiritilgan.
Bundan tashqari, harbiy vertolyotlar ishlab chiqaruvchi «Vertolyoti Rossii» va uning bosh direktori Nikolay Kolesovga nisbatan sanksiyalar joriy etildi.
Sanksiyalar ro‘yxatida “yuqori martabali Belarus harbiy amaldorlari” ham bor.
“Bugungi sanksiyalar Avstraliyaning Rossiya va uni qo‘llab-quvvatlovchilarga bosimni saqlab qolish uchun hamkorlar bilan ishlash majburiyatini tasdiqlaydi”, — dedi Avstraliya tashqi ishlar vaziri Penni Vong bayonotida.