2025 yil 1 avgustdan boshlab chiqindi xizmati uchun qarzi mavjud abonentlarga elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshirish vaqtincha cheklanadi. Bu “Chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari bo‘yicha to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan” 1044-sonli Qonunga asosan joriy etilmoqda.
Yangi tartibga ko‘ra, har oyning 3-sanasigacha qarzdorlar ro‘yxati “Toza makon” elektron tizimi orqali “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga yuboriladi. Keyin esa 5-sanasiga qadar abonentlarga “2100” qisqa raqami orqali SMS orqali ogohlantiruv xabari yuboriladi.
Ogohlantiruvdan so‘ng qarzni bartaraf etish uchun 5 kun muhlat beriladi. Agar shu muddat ichida qarz to‘lanmasa, abonent elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshira olmaydi. Qarz to‘langanidan so‘ng cheklov avtomatik ravishda bekor qilinadi.
Ushbu tartib 2025 yil 30 iyungacha yig‘ilgan qarzlarga taalluqli emas. Qarzlar sanoq va aniq hisob-kitob uchun mas’uliyat sanitar tozalash korxonalari zimmasida. Xizmat o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilmasa, ko‘rsatilmagan kunlar uchun qayta hisob-kitob qilinadi.
Chiqindi xizmatiga oid taklif va shikoyatlar bo‘yicha “1205” qisqa raqamiga 24/7 rejimda murojaat qilish mumkin.