Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

“Avesta komfort eko-gaz” MCHJga nisbatan jarima qo‘llanildi

“Avesta komfort eko-gaz” MCHJga nisbatan jarima qo‘llanildi

O‘tkazilgan tekshiruvlarda Sirdaryo tumanidagi “Avesta komfort eko-gaz” MCHJga qarashli AGTKSh tomonidan avtomobil yo‘lining qatnov qismiga yaqin yo‘lakka pasportlashtirilmagan noqonuniy tashqi reklama konstruksiyasi o‘rnatilganligi aniqlandi.

Raqobat qo‘mitasining xabar berishicha, mazkur aniqlangan holat yuzasidan boshqarma tomonidan MCHJga ogohlantirishlar berilganiga qaramay tashqi reklama vositasi bilan bog‘liq kamchiliklar bartaraf etilmagan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan “AVESTA KOMFORT EKO-GAZ” MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi. Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 428-sonli qaroriga asosan tashqi reklama va axborot ob’ektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali axborot tizimi orqali reklama joyining pasporti rasmiylashtirilishi belgilangan.
Kiritildi: Bugun 11:45. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!