Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya iqtisodiyoti falokat yoqasida

Rossiya iqtisodiyoti falokat yoqasida

Firmalar foiz stavkalari oshib borishi sababli ommaviy yopilishga duch kelmoqda.

Vladimir Putinning yaqin ittifoqchisi, mamlakat iqtisodiyoti qiyinchilikda davom etayotgani sababli, foiz stavkalarining keskin ko‘tarilishi natijasida Rossiya sanoat korxonalari ommaviy bankrotlikka uchrashi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Rossiya Markaziy banki (MB) oktyabr oyi oxirida asosiy foiz stavkasini ikki punktga 21 foizga oshirdi.

Bu Putinning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib , inflyasiyani (hozirda 9,1 foizni) nazorat ostiga olishga mo‘ljallangan.

Biroq, foiz stavkalarining oshishi Rossiya kompaniyalari boshqaruv zallarini larzaga keltirdi, chunki firmalar og‘ir qarz yuklariga duch kelishmoqda.

Rossiyaning «Rostex» mudofaa konglomerati rahbari va Putinning KGBdagi sobiq hamkasbi Sergey Chemezov ko‘plab kompaniyalar bankrot bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.

«Agar ishlab chiqarish sikli bir yildan ortiq bo‘lgan mahsulotlar uchun shartnoma tuzsak, tabiiyki, biz oladigan maksimum 30-40 foizlik avans to‘lovi bo‘ladi,» - dedi u RBK nashriga.

«Ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qolgan mablag‘ni qarzga olish kerak.

- Bunday foiz stavkasida biz beradigan foydaning hammasini bankka to‘lashga majbur bo‘lgan prosent yeb bitiradi.

"Shu tarzda ishlayversak, korxonalarimizning aksariyati bankrot bo‘ladi."

Kiritildi: 21:24 14.11.2024. O'qildi: 1489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!