Yaponiyaning Osaka shahridagi “Universal Studios” parkida 60 kishi Amerika gorkasi attraksionida oyog‘i osmondan bo‘lib osilib qoldi.
Mazkur hodisa ikkita vagon yo‘lga chiqqanda sodir bo‘lgan. Ulardan biri 30 metr balandlikda, ikkinchi vagon esa marshrut oxirida tiqilib qolgan.
Qutqaruvchilar boshi bilan osilib qolgan odamlarni qanday qutqarish haqida uzoq o‘ylashdi. Oradan ikki soat o‘tgachgina ularni evakuasiya qilishga muvaffaq bo‘ldilar. Mazkur noqulaylikka qaramay, ikki soatdan so‘ng attraksionni yana ishlatib yuborishdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu – xiyobondagi attraksionning to‘xtab qolishi bilan bog‘liq birinchi hodisa emas. 2017 yilda ham xuddi shunga o‘xshash voqea sodir bo‘lgan. Natijada hech kim zarar ko‘rmagan.
Manba: life.ru